O'zbekcha На русском In English

So’rovnomaning identifikatsion raqamini kiritish

Biometrik pasport tizimining ushbu axborot resursi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining hududiy bo’linmalarida yoki O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi elchixona va konsullik muassasalarida biometrik hujjat olish uchun elektron buyurtma rasmiylashtirgan jismoniy shaxsga uning elektron buyurtmasi holati yuzasidan interfaol konsultativ xizmat ko’rsatish imkonini beradi. Interfaol xizmat biometrik hujjatning tayyor bo’lganlik darajasi va elektron buyurtmaning qanday bosqichda ekani haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etishni o’z ichiga oladi.
Elektron buyurtmaning holati haqida interfaol konsultatsiya xizmatiga so’rov berish, ma’lumotlarni yig’ish punkti tomonidan arizachiga taqdim etiladigan 32 xonali raqam va harflar ketma-ketligidan tashkil topgan buyurtma raqamini tizimga kiritish yo’li orqali amalga oshiriladi.

Buyurtmaning holatiga izoh:

Tekshiruv jarayonida Biometrik hujjatni olish uchun shakllantirilgan elektron buyurtma qayta ishlash va personallashtirish jarayonida.
Ma’lumotlar yig’ish punktiga jo’natildi Biometrik hujjat tayyor va tegishli ma’lumotlarni yig’ish punktiga yetkazish uchun maxsus pochta xizmatiga topshirildi.
Topshirilish holatida Tayyor personallashtirilgan hujjat ma’lumotlarni yig’ish punkti tomonidan qabul qilingan va buyurtma egasiga topshirishga tayyor.
Rad etildi Biometrik hujjat olish uchun buyurtma ma’lumotlardagi noaniqliklar tufayli bekor qilindi. Buyurtmani takroran shakllantirish uchun buyurtma egasi ma’lumotlarni yig’ish punktiga qayta murojaat qilishi lozim.